Qazo namozlari
40000.00 UZS
Ushbu “Qazo namozlari” daftari Alloh subhanahu va taolo farz qilgan besh vaqt namozning ojizlik bilan vaqtida ado etilmagan qazolarini adolarini qayd etish uchun mо‘ljallangan.
Daftarda 1 kabisa yili – 366 kunlik adolarni maxsus kataklarda qaydlash kо‘zlangan.
“Qazo namozlari”da ilm bо‘lishi maqsadida Qur’oni Karimdan namozga oid bо‘lgan oyati karimalar, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shu mavzudagi hadisi shariflari va “Bilasizmi?” rukni ostida namoz ibodatiga oid kо‘rsatmalar berilgan. Mutolaa uchun keltirilgan matnlar kishini ruhlantirishiga va shu bilan namozlarini ado etib, Alloh subhanahu va taoloning roziligiga erishishiga umid qilamiz.
Daftarda xato-nuqson о‘tgan bо‘lsa, Robbimiz ar-Rohiym mag‘firat qilishini sо‘raymiz. Manfaat kо‘rilsa, duo sо‘raymiz.
Alloh taolo Uning roziligi yо‘lida qilayotgan barcha ibodatlaringizni husni qabul aylasin.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bо‘yicha qо‘mitaning 10.01.2023 yil № 03-07/191-sonli xulosasi asosida nashrga tayyorlangan.