Mening Ramazon kundaligim
Ushbu “Mening Ramazon Kundaligim” Muborak Ramazon oyi uchun maxsus ishlab chiqilgan kundalikning asosiy mavzusi “Axloq va unga oid masalalar” bo’lib, undan oladigan bilimlaringiz hayotingiz va kundalik turmushingizda, ko’p foydalar keltirishidan umidvormiz!
Sizga taqdim etilayotgan Ramazon oyi kundaligi yosh va jins tanlamasligini inobatga olgan holda quyida uslubiy tavsiyalarni berayapmiz. Kundalikdan foydalanishni boshlashdan avval ular bilan tanishib chiqib, kerakli o‘rinlarda foydalanishingiz mumkin:
— Kundalikda Qur’oni Karimdan oyatlar, Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning hadislaridan namunalar va duolar keltirilganligi bois, uni pok joyda saqlashingizni so‘raymiz;
— “Asosiy duolar” rukni ostida Ramazon oyiga xos bo‘lgan duolar keltirilgan bo‘lib, uni yodolishingiz yoki o‘qib foydalanishingiz mumkin. Duolarni kundalik hayotingizga oson tadbiq etish uchun, ularni yodlab olish tavsiya etiladi;
— Muborak Ramazon oyini har bir musulmon ma’lum bir amallarni bajarishda, o‘zini ma’nan isloh qilishda, qaysidir odatlarni tark etib, solih amallarni shakllantirishda jiddu-jahd qilish niyati bilan boshlaydi. Oldingizga maqsad qilgan rejalarinigizni tartibga solib, qayd etib borishingiz uchun ham qaydnoma sahifalari siz uchun ajratilgan;
— Kundalikning asosiy qismi Ramazonda qilinadigan asosiy ibodatlarni ado etishni qayd etib borishga mo‘ljallangan.
— Muborak Ramazon oyi ro‘zasidan so‘ng Shavvol oyi ro‘zasini tutishni niyat qilganlar uchun alohida qaydnoma sahifasi ajratilgan;
— Kundaligimizning so‘nggi sahifalarida “Treker va Cheklistlar” rukni ostida Muborak Ramazon oyida turli foydali cheklist, treker va albatta Qur’oni Karimni xatm qilishni niyat qilganlar uchun qaydnoma sahifalari ajratilgan bo‘lib, o‘qilgan sahifalarni qayd qilib borishlari mumkin. Undan tashqari, har bir foydalanuvchi Ramazon oxirida bir oy davomidagi muvaffaqqiyatlarini, yutuq va kamchiliklarini sarhisob qilishingiz uchun sahifalar ajratilgan.